"Real" yarim himoyachisini 20 mln evroga sotmoqchi

Alisher Ostonov
20 iyul 2025, 00:12
Dani Sebalos "Real"ni tark etishi mumkin.

Yarim himoyachi jamoasini o'zgartirish haqida o'ylamoqda, ammo qolishga ham qarshi emas.

28 yoshli futbolchiga "Betis" qiziqish bildirmoqda, ammo Sevilya klubida Sebalosni sotib olishga harakat qilish kerakligi borasidagi fikrlar turlicha, sababi Dani 2023 yilda klubga o'tishdan bosh tortgan.

Biroq, asosiy muammo moliyaviy tarafda. "Betis"ning fikricha, yarim himoyachi 5-10 mln evro turadi, "Real" esa 20 mln atrofida mablag' olmoqchi. Bundan tashqari, Sebalosning maoshi (yiliga 4 million evrodan ortiq sof, soliqlardan tashqari taxminan 9 million evro) La Liganing aksariyat klublari uchun juda yuqori.

Ijara bitimi amalga oshishi mumkin, ayniqsa madridliklar o'yinchiga bo'ladigan to'lovlarning bir qismini o'z bo'yniga olsa, ammo bunday ssenariy ikkala tomon uchun ham ideal emas.

Ayni paytda Sebalos bo'yicha rasmiy takliflar yo'q, ammo "Betis" o'yinchining transferi borasida shug'ullanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: As