"Real" yarim himoyachi uchun kurashda "Barselona"ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2018, 14:18
"Kadis" yoshlar jamoasi yarim himoyachisi Fran Rivera faoliyatini "Real"da davom ettiradi.

Madridliklar iqtidorli futbolchi uchun kurashda "Barselona" va "Arsenal"ni mag'lub etishdi.

17 yoshli futbolchini "Sevilya", "Betis" va "Malaga" ham kuzatayotgan edi. Fran Rivera 2010 yildan so'ng "Kadis"ni tark etgan birinchi yosh futbolchi bo'ladi. Sakkiz yil avval "Kadis" Sussoni "Liverpul"ga berib yuborgan edi.

2010 yilda "Kadis" Susso transferidan 60 ming evro ishlab olgan. Hozir uning narxi 25 mln. evro.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca