"Real" yana yutqazdi, Zidan mavsumni katta muammolar bilan boshlamoqda

30 iyul 2019, 23:15
Madridning "Real" jamoasi mavsumoldi o'yinlarining birontasida g'alaba qozona olmayapti.

Hozirga qadar, "Bavariya" (1:3), "Arsenal" (2:2), "Atletiko" (3:7), "Tottenxem" (0:1) bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazgan va muvaffaqiyatsizlikka uchragan "qirollik klubi" yangi mavsumga bir qancha muammolar bilan kirishayotganini ko'rsatadi.

Audi Cup

 Yarim final

Myunxen, Germaniya

Real Ispaniya – Tottenxem Angliya – 0:1 (0:1)

Gol: 0:1 – Keyn (22)

Real: Navas, Karvaxal (Odriosola, 80), Ramos, Varan (Nacho, 65), Marselo (De La Fuente, 80), Lukas Vaskes (Valverde, 65), Kroos (Vinisius, 64), Modrich (Seonane, 80), Azar (Isko, 80), Benzema (Mariano, 80), Rodrigo (Kubo, 80).

Tottenxem: Gassaniga (Loris, 46), Foyt (Tanganga, 46), Alderveyreld (Lukas, 46), Vertongen (Sanches, 46), Rouz (Georgiu, 46), Uinks (Uoker-Piters, 46), Ndombele (Sissoko, 46), Lamela (Alli, 46), Eriksen (Skipp, 46), Son (Nkudu, 66), Keyn (Parrott, 66).


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia