"Real" Xakimining "Inter"dan PSJga o'tishidan 2,1 mln evro oladi. Bu birdamlik to'lovi

Alisher
1 iyul 2021, 11:27
"Real" "Inter" himoyachisi Ashraf Xakimining PSJga o'tishidan mablag' ishlab oladi.

22 yoshli o'yinchining transfer narxi 70 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.

Xakimi - "Real" tarbiyalanuvchisi, shu sabab "qaymoqranglilar" FIFAdan birdamlik to'lovini olishadi.

12dan 23 yoshgacha o'yinchini tarbiyalagan barcha klublarga transferni 5%i beriladi. Xakimi 19 yoshigacha "Real" akademiyasida bo'lgan, shu sabab Madrid klubi transfer 5%ning 5/3iga egalik qiladi, aniqrog'i 2,1 mln evro.

Eslatib o'tamiz, bir yil oldin Xakimi "Real"dan "Inter"ga 40 million evro evaziga o'tgandi.

Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As