“Real” vingeri: “Messi men uchun tayyor namuna”

Eldor Akmurzayev
12 apr 2020
“Malorka”da ijara asosida harakat qilayotgan “qirollik klubi” a'zosi Takefusa Kubo “Barselona” sardori Lionel Messiga bo'lgan munosabati haqda gapirdi.

“Messi bilan shaxsan tanish emasman, lekin u ko'plab futbolchilar va futbolchi bo'lishni istaganlar uchun yaqqol namuna. Yoshligimda uning o'yinlarini video orqali tomosha qilganman. U ajoyib futbolchi.

Messi men va chap oyoqda o'ynaydigan ko'plab futbolchilar uchun tayyor namuna bo'lib, asosiy ustun tomoni dribling va to'p nazoratini o'z ichiga oladi. Messi bu borada yetakchidir”, deydi 18 yoshli yaponiyalik.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As