"Real" "Vilyareal"ga qarshi o'yin uchun qaydnomani ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
21 noya 2020, 00:15
"Real" matbuot xizmati jamoaning LaLiga doirasida "Vilyareal"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini ma'lum qildi.

Qayd etish kerak, ushbu ro'yxatdan Luka Yovich, Serxio Ramos, Karim Benzema, Kazemiro, Alvaro Odriosola, Eder Militao va Federiko Valverde kabi futbolchilar o'rin olmagan.

Darvozabonlar: Kurtua, Lunin, Altube;

Himoyachilar: Karvaxal, Varan, Nacho, Marselo, Mendi, Chust;

Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Edegor, Isko, Subela;

Hujumchilar: Azar, Asensio, Vaskes, Vinisius, Mariano, Rodrigo.

"Vilyareal" - "Real" uchrashuvi ertaga soat 20:15da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid