“Real” va “Monako” Falkao borasida muzokaralar olib bormoqda

Tolibjon Qosimov
2 iyul 2014, 10:59
Madridning “Real” klubi vakillari “Monako” bilan Falkao transferi borasida muzokaralar olib borishmoqda.
Muzokaralar ijobiy ketmoqda va “Monako” o'z futbolchisini  Ispaniyaga ko'chirishga tayyor. Ammo “Real” “Monako”ga , francuz klubi “Atletiko”ga to'lagan 45 million evro bermoqchi emas.

Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Falkao “Real”ga ko'chib o'tmoqchiligini va buning uchun hozirda olayotgan yillik 14 million evro maoshi kamayishiga ham rozi ekanligini aytgandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com