"Real" va "Manchester Yunayted" ispaniyalik himoyachi uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
14 mar 2021, 00:15
Yevropaning ikki top-klubi "Vilyarreal" markaziy himoyachisi Pau Torresga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi ESPN.

Nashrning yozishicha, "Manchester Yunayted" va "Real Madrid" 24 yoshli ispanni sotib olmoqchi.

Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 65 million evroni tashkil qiladi. Agar "sariq suvosti kemasi" evrokuboklarga chiqa olmasa, ushbu summa kamayishi mumkin.

Torres ushbu mavsumda "Vilyarreal" tarkibida 32 ta o'yin o'tkazgan va 3 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN