"Real" va "Manchester Siti" PSJ futbolchisi uchun kurashmoqda

Alisher
21 dek 2019, 16:10
PSJ himoyachisi Markinos Yevropaning ikki grand klublari e'tiboriga tushdi.

Ikki klub ham ushbu transferni yanvarda amalga oshirmoqchi.

Ta'kidlab o'tish kerakki, 25 yoshli Markinos oktyabrda parijliklar bilan shartnomasini 2024 yilga qadar uzaytirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Markinosning transfer narxi 65 million evroni tashkil etmoqda.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le 10 Sport