Real va Barselona Inter himoyachisiga qiziqib qolishdi

Narzulla Saydullayev
8 dek 2015, 20:00
Inter va Kolumbiya terma jamoasi a'zosi Jeyson Murilo faoliyatini Real yoki Barselonada davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport nashri.

Ispan grandlari 23 yoshli futbolchini diqqat bilan kuzatishmoqda. "Neradzurrilar" futbolchini kamida 30 million evroga sotishmoqchi. "Inter" futbolchini "Granada"dan 8 million evro evaziga sotib olgan.

Bu mavsumda Murilo Italiya A seriyasida 12ta o'yin o'tkazib 1ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: gazzettaworld.gazzetta.it