"Real" va "Atletiko" o'rtasida bor yo'g'i 3 ochko farq qoldi

Omonjon To`xtamirzayev
21 fev 2021, 03:18
Diego Simeone jamoasining bitta zaxira o'yini bor.

La Liga 24-tur doirasida Madridning "Real" klubi safarda "Valyadolid" ustidan g'alaba (1:0) qozondi.

Bu orqali Zinedin Zidan jamoasi hamshaharlari "Atletiko" bilan oradagi farqni 3 ochkogacha qisqartirishdi.

La Liga yetakchisi bo'lib turgan "matraschilar" 23 o'yinda 55 ochko jamg'argan, "Real" esa 52 ochko (24 o'yin) bilan 2-o'ringa joylashdi.

"Barselona" 22 bellashuvdan keyin 46 ochko to'plagan va bu turda o'z maydonida "Kadis"ni qabul qiladi.


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia