Real va Atalanta o'rtasidagi UEFA Superkubogining bosh hakami ma'lum

Khoja
27 iyul 2024
UEFA Superkubogi o'yinini boshqaradigan hakamlar brigadasi ma'lum bo'ldi.

Shveytsariyalik 36 yoshli Sandro Sherer 2024 yil 14 avgust kuni Varshavadagi Milliy stadionda bo'lib o'tadigan Real – Atalanta bahsiga bosh hakam etib tayinlandi.

Unga hamyurtlari Stefan De Almeyda va Yonas Erni yordam berishsa, to'rtinchi hakam vazifasini ukrainalik Nikolay Balakin bajaradi.

Bastian Dankert (Germaniya) - VAR hakami. Unga Fedai San (Shveytsariya) va Kristian Dingert (Germaniya) assistentlik qilishadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com