"Real" so'nggi 17 yil ichida o'zining eng yomon natijasini qayd etdi

Aslanov Jasurbek
29 okt 2018, 15:53
"Real" LaLiganing 10-turida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:5) so'ng, chempionat turnir jadvaliga 9-o'ringa tushib ketdi.

"Qaymoqranglilar" 17 yil oldin turnir jadvalida bunchalik past pog'onani egallagan edi. 2001/02 mavsumda Visente del Boske qo'l ostidagi jamoa 11-o'ringacha tushgan.

Oldinroq, "Real" ustozi Xulen Lopetegi yaqin vaqt ichida klubni tark etishi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta