"Real" so'nggi 10 yilda ilk bor La Ligada ketma-ket 4ta safar o'yinida yuta olmadi

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2018, 13:12
"Real" Ispaniya chempionati 18-turi doirasida safarda "Selta" bilan durang o'ynadi (2:2).

Madridliklarning chempionatda safardagi g'alabasiz seriyalari to'rtta o'yinga etdi. Oldinroq, "Real" mehmonda "Atletik" (0:0), "Atletiko" (0:0) bilan durang o'ynagan va "Jirona" (1:2)ga yutqazgan edi.

"Qirollik klubi" oxirgi marotaba 2008 yilning dekabrida La Ligada ketma-ket 4 safar uchrashuvida g'alaba qozona olmagan - durang va uchta mag'lubiyat.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/OptaJose