“Real” “Santyago Bernabeu”ni 525 mln evro evaziga ta'mirlaydi. Video

24 sen 2018, 07:50
Bu haqda jamoa prezidenti Florentino Peres ma'lum qildi.

Peres “Bernabeu”ni rekonstrukciya qilish loyihasini taqdim etdi. 1947 yilda ochilgan stadion hozirgacha ikki marta -1982 va 2001 yilda qayta ta'mirlangan. Uning sig'imi 81 044 tomoshabinga mo'ljallangan.

Peresning takidlashicha, ta'mirlash ishlari 400 mln evroga tushishi lozim bo'lgan, biroq loyihaga o'zgartirishlar kiritilgan summa miqdori 525 mln evroga etgan. Ta'mirdan so'ng stadion yiliga 150 mln evro foyda keltirishi kutilmoqda.

TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Manba: Marca