"Real" Ronalduni transferga qo'yadi

Aslanov Jasurbek
6 apr 2016, 11:21
"Real" rahbariyati jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 60 mln. evro evaziga sotishga tayyor. Ronalduning agentlari ayni damda ispan grandi bilan optimal qarorga kelish uchun muzokara olib boryapti. Krishtianuning o'zi yangi klubi safida yiliga 20-25 mln. evro ishlab topmoqchi.

Oldinroq Ronalduga "Manchester Yunayted" va PSJ qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports