"Real": "Ronaldu aybsizligini isbotlaydi"

Aslanov Jasurbek
14 iyun 2017, 16:10
"Real" rahbariyati Ispaniya prokuraturasining jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu borasidagi ayblovi haqida rasmiy bayonot berdi.

Portugaliya terma jamoasi futbolchisi 14,7 mln. evro miqdorida soliq to'lamaslikda ayblanmoqda.

"Qirollik klubi" bayonotida shunday deyiladi: "Real" futbol klubi Ronalduga to'liq ishonadi. Fikrimiza, u soliqlarni o'z vaqtida to'lagan. U "Real"ga o'tgan kunidan boshlab (2009 yil) doimo soliq talablarini bajarishga tayyorligini bildirgan. Ronaldu o'zning aybsizligini isbotlashiga ishonamiz. "Real" futbolchining aybsizligi tezroq isbotlanishini istaydi".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com