"Real" Ramos bilan yangi shartnoma masalasida kelisha olmayapti

Sherzod Nurmatov
12 may 2021, 02:24
"Real Madrid" hali ham jamoa sardori Serxio Ramos bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishmadi, deb xabar berdi "Marca".

Manbaning xabariga ko'ra, Ramos maoshi 10 foizga qiqsargan holda ikki yillik shartnoma tuzmoqchi, ammo "Real" bu variantdan mamnun emas. Amaldagi shartnomaning tugashiga 50 kundan kam vaqt qoldi va futbolchi klubni tekinga tark etishi mumkin.

34 yoshli Ramos joriy mavsumda "Real" safida barcha musobaqalarda 21 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma bergan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca