

Bu haqda nufuzli ispan nashri Marca xabar berdi. Madrid klubi rahbariyati uni hamon joriy sport loyihasining asosiy shaxsi sifatida ko'rmoqda. Jamoaning so'nggi natijalariga qaramay, bu munosabat o'zgarishsiz qolmoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Xabi Alonso klub rahbariyati nazarida jamoa uchun eng munosib murabbiy hisoblanadi. "Real" ispan mutaxassisining barcha qarorlarini qo'llab-quvvatlamoqda. Bu, xususan, taktik tajribalar va o'yinchilarni, jumladan Vinisius Juniorni almashtirish bo'yicha qarorlarga ham taalluqli. Marca xabar berishicha, Alonsoning jamoa ichidagi obro'si har qanday futbolchining obro'sidan ustun. U loyihani ishonch bilan oldinga olib borishga qodir yetakchi sifatida etirof etilmoqda.
Klub rahbariyati yuzaga kelgan beqaror vaziyatga nisbatan ham xotirjamlik bildirmoqda. So'nggi o'yinlarda ochko yo'qotish tashvish uyg'otmayapti, chunki "Real"da bu holat uzoq va raqobatli mavsum uchun tabiiy jarayon deb baholanmoqda.
Hozirgi vaqtda milliy chempionatning 13-turi yakuniga etgach, "Real" La Liga turnir jadvalida "Barselona"dan bir ochko oldinda turib, 1-o'rinni egallab turibdi. Chempionlar Ligasida esa madridliklar to'rt o'yindan so'ng to'qqiz ochko to'plab, umumiy bosqich jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.



