"Real" qishki transferlar oynasida ham yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolamoqchi emas

Alisher
10 noya 2020, 10:14
Madridning "Real" klubi qishda yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolamaydi.

Klub bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoaga yangi o'yinchilar kerak emasligini takidlaydi va jamoada kerakli o'yinchilar bor deb hisoblaydi.

Shu bilan birga fransiyalik mutaxassis barcha o'yinchilarning o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishlarini xohlamoqda, shu sabab Zinedin ularga mashg'ulot davomida ko'proq vaqt ajratmoqchi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq "qirollik klubi" kelasi yozgi transferlar oynasida katta transferlarni amalga oshirish uchun mablag' to'playotgani aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca