"Real" o'z futbolchisini termaga qo'yib yubormagan

Mirjalol Normatov
16 noya 2018, 21:07
Braziliya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Amadeuning aytishiga ko'ra, "Real" rahbariyati Vinisius Juniorni qo'yib yubormagan.

"Vinisius Janubiy Amerika qitasining yoshlar chempionatida ishtirko etmaydi. "Real"dagilar menga uni qo'yib yubormasligini aytishdi. Vinisius esa klubdagilarni ko'ndirib ko'rmoqchi bo'lgandi. Biroq barcha harakatlar zoe ketdi", - dedi Amadeu.

Qayd etish kerak, ushbu turnir 2019 yilning 17 yanvaridan 10 fevraliga qadar Chili davlatida bo'lib o'tadi.

18 yoshli Vinisius o'tgan yozda "Flamengo"dan "Real"ga 61 mln evro evaziga transfer qilinganldi. Bu mavsumda u "Real" tarkibida 5 o'yinda qatnashdi va 4 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS