"Real Madrid" Vinisiusning jarohati sabab qishda boshqa bir vingerni sotib olmoqchi. Nomzod Germaniyadan topildi

Nozimov Nig'monxo'ja
21 noya 2023, 10:02
"Real Madrid"da jarohat olganlar juda ko'payib ketgani sababli madrikliklar qishda hujum chizig'i vakili bilan shartnoma imzolamoqchi.

Sport.es xabariga ko'ra, Madrid klubi Vinisiusning jarohati tufayli bozorga kirishga majbur - braziliyalik futbolchi kamida keyingi yilning fevraligacha safdan chiqqan. "Qirollik klubi" "Leyptsig" hujumchisi Timo Verner bilan shartnoma imzolamoqchi. 

"Real Madrid" qishda top darajadagi futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyati yo'qligini bilgani uchun ham aynan Verner nomzodida to'xtagan. 

Verner ham o'z omadini Madridda sinab ko'rishga qarshi emas, chunki uning ishlari "Leyptsig"da hozirda yaxshi emas. 27 yoshli hujumchi joriy mavsum jamoaning asosiy hujumchisi emas. U Bundesliga bahslarida 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi va atigi 2 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com