"Real Madrid" La Liga klublari ichida yagona - javob o'yinlaridan keyin ham vaziyat o'zgarmadi

Omonjon To`xtamirzayev
18 mar 2021, 10:15
Tunda YCHL 1/8 finali doirasida Madridning "Atletiko" klubi safarda "Chelsi"ga (0:2) mag'lub bo'ldi.

Aynan "matraschilar" La Liga vakillaridan oxirgi bo'lib musobaqa 1/8 final bosqichini yakunladi. Murosasiz kechgan bahsda Simeone jamoasi londonliklar qarshiligini enga olmadi va musobaqani tark etdi. Avvalgi o'yin kunlarida Ispaniya sharafini himoya qilayotgan "Barselona" hamda "Sevilya" mos ravishda PSJ va "Borussiya Dortmund"ga mag'lub bo'lishgandi. 

Har ikki uchrashuvda o'ta hujumkor o'yin ko'rsatishiga muxlislarni o'rgatib qo'ygan "Atalanta"ni "jilovlay" olgan Zinedin Zidan shogirdlari esa YCHL 1/4 finaliga chiqqan Ispaniyaning yagona jamoasi sifatida qayd etildi.

Bu borada eng yaxshi ko'rsatkich inglizlarda. APLning bir yo'la 3 vakili hali kurashni davom ettirmoqda. Bundesligadan ikki klub: "Bavariya" va "Borussiya", Fransiyadan PSJ va Portugaliyaning "Portu" jamoalari bosh sovrin haqida orzu qilishda davom etishadi. Qayd etish lozim, Yevropa Chempionlar Ligasi qur'asi ertaga, 19 mart kuni bo'lib o'tadi.  

Eslatib o'tamiz, dastlabki uchrashuvlar ortda qolganida saytimizda "Real Madrid" La Liga klublari ichida yagona nomli material chop etilgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia