"Real", "Liverpul" va MYU qiziqayotgan futbolchiga narx belgilandi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2025, 17:33
"Bornmut"ning chap qanot himoyachisi Milosh Kerkez yozda boshqa jamoaga o'tishi mumkin.

"Fichajes" ma'lumotlariga ko'ra, "Bornmut" Kerkezni sotishdan 40 mln evro ishlab olmoqchi. 21 yoshli futbolchiga "Real" va "Liverpul" jamoalari og'iz solgan. Da'vogarlar qatorida "Manchester Yunayted" ham bor.

Milosh Kerkez joriy mavsum APLda 27 o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida lateralning bahosi 28 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes