"Real" jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy topdi

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2019
"Real" matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Zinedin Zidan murabbiylar shtabida yangi mutaxassis paydo bo'ldi.

JCH-2018da Fransiya terma jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lib ishlagan Gregori Dyupon "Real"ga o'tdi. "Qirollik klubi"dagi avvalgi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis Antonio Pintus "Inter"da Antonio Kontega yordamlashadi.

Dyupon faoliyati davomida "Lill" va "Seltik" klublarida ishlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com