"Real" futbolchisi deyarli yangi yilga qadar maydonga tusha olmaydi

Alisher
2 okt 2019, 14:50
"Real" himoyachisi Nacho Fernandes CHL 2-tur doirasida "Bryugge" (2:2)ga qarshi o'yinda jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.

29 yoshli o'yinchi asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo tanaffusda zaxiraga olindi.

Futbolchi o'ng tizzasidan jarohat olgan va unga dastlabki tashxis qo'yildi. "Real" futbolchini taxminan 2,5 oyga yo'qotdi.

Nacho Fernandes "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

U 2013 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com