"Real" futbolchisi O'zbekistonga qarshi uchrashuvda maydonga tushmasligi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
25 mar 2018, 12:20
Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi O'zbekistonga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi.

"Marocco World News" nashri xabariga ko'ra, futbolchi terma yig'iniga borib qo'shilgan kundagi mashg'ulotlarda jarohat orttirib olgan. Terma jamoa shifokori Abdulrazzoq Hifti esa uni Madridga jo'natib yuborgan. U Serbiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ham maydonga tushmadi.

Marokash - O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvi 28 mart kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marocco World News