"Real" futbolchisi: "Chempionlar ligasida "Barselona" g'olib bo'lishini xohlamayman"

Aslanov Jasurbek
13 apr 2019, 11:18
"Real" vingeri Lukas Vaskes Chempionlar ligasida qaysi jamoalar o'yini yoqayotganini aytib berdi.

"Menga ko'proq "Liverpul"ning o'yini yoqmoqda. "Ayaks" - yosh jamoa, qo'rqmasdan harakat qilishmoqda. Bu jamoaning o'yinini kuzatish yoqimli. Turnirda "Barselona" g'olib bo'lishini istamagan bo'lardim" - deydi Vaskes.

Eslatib o'tamiz, ayni damda Chempionlar ligasi g'olibi bo'lish uchun "Liverpul", "Manchester Siti", "Tottenxem", "Portu", "Barselona", "Yuventus", "Ayaks", "Manchester Yunayted" kurashni davom ettirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca