

TV3da ko'rsatilgan videoda "Real" futbolchilari "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga nisbatan ishlatgan qo'polliklari tasvirlangan. Shu bilan bir vaqtdag ienalarning hayot tarzi va ularning ov uslubi ham namoyish etilgan.
"Real" bu voqeadan so'ng manaviy zarar undirish talabi bilan TV3ni sudga berdi. "Qirollik klubi" vakillarining so'zlariga ko'ra, bu lavha "Real" imijga zarar etkazgan. Madrid sudining qaroriga ko'ra, video qonun-qoidalar bo'yicha efirga uzatilgan va telekanal oqlangan.



