"Real" futbolchilari hakamlar ularga boshqa yetakchilarga nisbatan qattiqqo'lroq munosabatda bo'lishayati, deb hisoblashmoqda

Aslanov Jasurbek
16 sen 2025, 00:57
"Real" futbolchilari hakamlar ularga nisbatan odil bo'lmayapti deb hisoblashmoqda.

La Liganing 4-turida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda (2:1) Madrid jamoasi himoyachisi Din Xeysen maydon markazida qarshi hujumni to'xtatgani uchun qizil kartochka oldi.

Marca xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar"ning futbolchilari hakam Xesus Xil Mansano darvozagacha bo'lgan masofada yana bir himoyachi bo'lishiga qaramay, ikkilanmasdan qizil kartochka ko'rsatish qarorini qabul qilganidan hayron bo'lishdi.

"Real" o'yinchilari orasida "Qirolli klubi"ga nisbatan hakamlar qattiqqo'lroq bo'lishyapti, boshqa yetakchilarga esa yumshoqroq munosabatda bo'linayotgani haqidagi fikrlar paydo bo'lgan. Ular bir xil epizodlar turli klublar o'yinlarida boshqacha talqin qilinayapti deb hisoblashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca