"Real" forvardi Portugaliyaga yo'l olishni xohlamadi

Alisher
3 sen 2020, 17:13
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Mariano Dias "Benfika"ga o'tmadi.

"Qirollik klubi" "Benfika" bilan Diasni sotib olish huquqi bilan ijaraga berish borasida kelishib olgandi, ammo futbolchining o'zi Lissabonga yo'l olishdan bosh tortdi.

"Real" murabbiylar shtabining Diasga ishonch bildirmayotganini sezish qiyin emas.

Mariano o'tgan mavsum "Real" libosida La Liga doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: record.pt