"Real" darvozaboni uchun 3 ta klub davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
25 iyun 2024
Futbolchining shartnomasi tugashiga 1 yil qoldi.

"Arsenal", "Nyukasl" va "Atletiko" jamoalari "Real" darvozaboni Andrey Luninga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Defensa Central" nashri xabar berdi.

Ukrainalik futbolchining "qirollik klubi" bilan kelishuvi 2025 yilning iyuniga qadar tuzilgan. "Qaymoqranglilar" futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor, biroq futbolchi bunday qilish ehtimoli kam.

Lunin o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 32 ta o'yin o'tkazib, 12 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. "Blankos" 25 yoshli darvozabonni 35 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Defensa Central