

Mankunianliklar futbolchini anchadan beri kuzatishadi, lekin "qaymoqranglilar" kelishuvga endigina rozilik bildirishmoqda. Chunki, Beylning professionalizmiga etirozlar bor. Madridliklar rahbariyati uning ko'p jarohat olishidan va golf ko'p o'ynashidan norozi. Shifokorlarning fikriga ko'ra, uning tez-tez jarohatlanishining sabablaridan biri aynan golf.




