"Real" "Bayer" yarim himoyachisiga e'tibor qaratmoqda

Sherzod Nurmatov
29 apr 2024, 18:19
Jamoa Florian Vircga qiziqish bildirmoqda.

Ispaniyaning "Real" klubi Germaniyaning "Bayer" jamoasi yarim himoyachisi Florian Vircga e'tibor qaratmoqda, deb xabar berdi "El Nacional".



Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres Vircni klubning kelasi yil uchun asosiy transfer maqsadi deb belgilagan. Biroq nemis futbolchisiga "Bavariya", Ispaniyaning "Barselona"si va Angliyaning "Manchester Siti" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Florian Virc ushbu mavsum "Bayer" safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 19 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional