"Real" "Bavariya" himoyachisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2017, 10:46
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Bavariya" himoyachisi David Alaba xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" qishki transfer oynasida nemis grandiga taklif yubormoqchi. "Real" avstriyalik futbolchiga yozda ham qiziqish bildirgan edi, biroq "Bavariya" muzokara o'tkazishni istamadi. Zidan Alabaning transfer huquqini sotib olishga umid qilmoqda. Fransiyalik mutaxassisning transferlari ro'yxatida Alaba asosiy xaridlardan biri bo'lib turibdi.

Alabaning "Bavariya" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports