"Real" "Barselona"ga o'tishi kerak bo'lgan futbolchini ilib ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
20 mar 2019, 11:40
"Real" PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo uchun kurashga qo'shilmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning shaxsan o'zi 23 yoshli futbolchining transferiga qiziqish bildirmoqda. Klubdagilar Raboni yarim himoyachi Luka Modrichga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, PSJ xavbekining klub bilan shartnomasi iyunda yakuniga etadi va u kelishuvni uzaytirishdan bosh tortdi. Bu ish uchun rahbariyat uni yoshlar tarkibiga o'tkazib qo'ydi.

Oldinroq, Rabo yozda "Barselona" bilan shartnoma tuzishi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es