

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" futbolchining transferi uchun 225 mln evro sarflamoqchi. Shu orqali belgiyalikni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirishmoqchi.
Oldinroq Azarning xizmatlariga "Barselona" ham qiziqish bildirayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Kecha Azarning o'zi ham "Chelsi"dan ketishga tayyorligini ma'lum qilgandi.



