"Real" Azardan voz kechadi va asosiy rolni Iskoga ishonadi

Tolibjon Qosimov
28 iyul 2018, 14:35
Madridning "Real" klubi yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi "Chelsi" yetakchisi Eden Azarni xarid qilishni rad etmoqda.

Murabbiy jamoadagi asosiy rolni Iskoga ishonmoqchi.

Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi klubdagi ishlari uncha yaxshi bo'lmasada Iskoga ishonmoqda. Endi 26 yoshli futbolchi "Real" asosiy tarkibida doimiy joyga ega bo'ladi.

Oldinroq, OAVda "Chelsi" vingeri Eden Azarning Madridga kelishi borasida mish-mishlar urchigan edi. Londonliklar esa belgiyalikni 200 million evroga qo'yib yuborishi mumkinligini ma'lum qilishgan edi.

Eslatib o'tamiz, Eden Azarning xizmatlariga "Real" bilan birga "Barselona" ham qiziqayotgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com