"Real" "Ayaks" o'yinchisi Gravenberxni yozda xarid qilmoqchi

Alisher
22 yanv 2022, 10:37
"Real" yozgi transfer oynasida "Ayaks" yarim himoyachisi Rayan Gravenberxni xarid qilmoqchi.

Madridliklar rahbariyati mavsum so'nggida erkin agentga aylanadigan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba va "Milan" xavbeki Frank Kessening transferidan voz kechishga qaror qildi.

Gravenberx joriy mavsumda 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.

Futbolchining "Ayaks" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Defensa Central