"Real" A Seriya futbolchisi uchun 155 mln. evro to'lamoqchi

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2018, 16:31
"Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi futbolchi uchun 155 mln. evro to'lashga tayyor. "Real" Krishtianu Ronalduni "Yuventus"ga sotib, bu transfer uchun mablag' topishi mumkin. "Manchester Yunayted", "Barselona" va PSJ qiziqish bildirayotgan 23 yoshli serb bolaligidan "Real"ga muxlislik qiladi.

So'nggi mavsum Milinkovich-Savich A Seriyaning 35ta uchrashuvida maydonga tushib, 12ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS