Ravshan Ermatov OCHL 3-turiga tayinlandi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2015, 15:03
FIFA hakami, hamyurtimiz Ravshan Ermatov Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan o'yinda ishlaydi.
17 mart kuni bo'lib o'tadigan o'yinnig mezboni pley-off uchrashuvlaridan so'ng ma'lum bo'ladi. Mehmon esa aniq - Xitoyning "Shandong Luneng" klubi.

Bu bahsda Ermatovga qanotlarda o'zbekistonlik Abdulhamidillo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.

Sharq 2 pley-off g'olibi - "Shandong Luneng" (Xitoy)
17 mart 2015
Bosh hakam
: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abdulhamidillo Rasulov (O'zbekiston), Jahongir Saidov (O'zbekiston)
Zaxira hakami: Rovan Arumugan (Hindiston)
Komissar: Hamid Momeniruchi (Eron)
Nazoratchi: Shamsul Bin Maydin (Singapur)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia