Ravshan Ermatov jahonning eng yaxshi hakamlaridan biri hisoblanadi. U JARdagi jahon chempionatida 5 ta, Braziliyada esa 4 ta o'yinni boshqardi. Bu Ermatovning qay darajada ekanligidan dalolat beradi, − dedi Hindiston Futbol Federatsiyasi vakili.
Takidlash joizki, Ravshan Ermatov jahon chempionatlarida jami 9 ta o'yinni boshqarib, bu borada rekord qo'ygan. Shunigdek, u 4 marta Osiyoning eng yaxshi hakami deb topilgan.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Hindistonda 12 oktyabrdan 20 dekabrga qadar davom etadigan Superliga deb nomlangan tijoriy musobaqa o'tkazilmoqda. Unda 8 jamoa ishtirok etayotgan bo'lib, har bir klub tarkibida o'tmishning mashhur futbolchilari to'p suradi.
Xususan, Superliga bahslarida Fransiya termasi sobiq hujumchilari David Trezege (Puna Siti), Nikolya Anelka (Mumbay Siti), sobiq yarim himoyachisi Rober Pires (Goa FK), Italiya termasi hujumchisi Alessandro Del Pero (Dehli Dinamos) kabi yulduzlar to'p surmoqda.