Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini yakunladi

Aslanov Jasurbek
27 noya 2019, 11:07
Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatini rasman yakunladi.

Kecha, 26 noyabr kuni OFKning Kuala-Lumpurdagi shtab-kvartirasida maxsus tadbir o'tkazildi. Unda hakamlarni kuzatish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda Ravshan Ermatov faoliyatini yakunlagani e'lon qilindi.

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida Ermatovning faoliyati haqida post qoldirdi.

"Hammasi 2003 yilda, Ravshan Ermatov Finlyandiyadagi o'smirlar o'rtasidagi JCH o'yinlariga tayinlanganda boshlandi. O'sha musobaqadagi uning birinchi uchrashuvi Yaman va Portugaliya bahsi bo'lgan. Ermatov bu uchrashuvda yevropaliklarga penaltini 3 marta qayta tepdirgan, chunki futbolchilar muddatidan avval jarima maydonchasiga kirib ketavergan. Qoidalarga qatiy amal qilish Ravshanni boshqalardan ajratib turardi va bu narsa uning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko'rsatgan.

Uning referilik faoliyati rasman yakunlandi va endi Ermatovning oldida boshqa, yanada jiddiy vazifalar turibdi. Ularning eng osoni OFK hakamlik qo'mitasi vakili sifatida Osiyoda hakamlikni rivojlantirish. O'FA birinchi vice-prezidenti oldida O'zbekistonda futbolni rivojlantirish bo'yicha yanada jiddiy va mas'uliyatliroq vazifalar mavjud" - deb yozdi Nikimbaev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev