Rasman: Xames "Bavariya"dan ketadi

Alisher
5 iyun 2019, 16:40
"Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoadan ketadi.

2017 yil yozda Myunxen klubi futbolchini sotib olish imkoniyati bilan "Real"dan ijaraga olgan edi.

27 yoshli xavbek "Bavariya" rahbariyatidan bu bandni faollashtirmasliklarini so'ragan, klub esa uning iltimosini qanoatlantirgan.

Xames "Bavariya" libosida jami 67ta o'yin o'tkazib, 15ta gol va 20ta assistga erishdi. U endi yana "qaymoqranglilar" tarkibiga borib qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fcbayern.com