Rasman: "Torpedo" Erkinov bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi

Alisher
8 iyul 2022, 17:29
"Paxtakor" yarim himoyachisi Hojimat Erkinov faoliyatini Moskvaning "Torpedo" klubida davom ettiradi.

"Torpedo Moskva" futbol klubi O'zbekiston terma jamoasining 21 yoshli yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolanganini e'lon qiladi.

O'yinchi bilan shartnoma 3 mavsumga mo'ljallangan.

Hojimat, "Torpedo"ga xush kelibsan", - deyiladi klub xabarida.


Eslatib o'tamiz, 1 iyul kuni saytimiz tomonidan hamyurtimizning "Torpedo"ga o'tishi haqida ma'lum qilgan edik.

Biroz oldin "Paxtakor" klubi ham Erkinovning RPLga yo'l olayotganini rasman e'lon qildi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: vk.com/torpedomoscowfc