Rasman: Slaven Bilich - "Vest Bromvich" bosh murabbiyi

Alisher
13 iyun 2019
Angliyaning "Vest Bromvich" klubi yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi.

"Vest Xem", "Lokomotiv" va Xorvatiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Slaven Bilich "Vest Bromvich"ga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bu haqda klubning "Twitter" sahifasi xabar bermoqda. 50 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma tuzildi.

Uning oxirgi ish joyi Jiddaning "Al-Ittihod" jamoasi bo'lgan edi.



AlisherMuallif
Manba: twitter.com/wba