Real Atletiko chap qanot himoyachisi Teo Ernandesning transferini e'lon qildi.
19 yoshli francuz Real bilan olti yillik shartnoma tuzdi. Ernandes 10 iyul, dushanba kuni ommaga tanishtiriladi. Oldinroq klublar Ernandesning transferini 26 million evroga kelishib olishgandi.