Rasman: “Real” Azar bir necha haftaga safdan chiqqanini tasdiqladi

Eldor Akmurzayev
3 fev 2021, 20:40
Madridliklar vingeri Eden Azar oyoq mushaklaridan jarohat oldi, deb yoziladi klub xabarida.

U 4-6 haftani lazaretda o'tkazadi. Shu tariqa, 30 yoshli belgiyalik La Liga doirasidagi bir nechta uchrashuv va YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan 24 fevraldagi “Atalanta”ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Azar mart oyi boshlarida safga qaytishi mumkin. U joriy mavsum 97 kunni davolanish bilan o'tkazgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: realmadrid.com