

Sky Sports nashri jurnalisti Fabricio Romano o'zining tvitterdagi sahifasida Pentekning "rossonerilar" bilan kelishib olgani haqida ma'lumot berdi. Uning ma'lumotiga ko'ra, "Milan" polshalik forvard bilan 5 yillik shartnoma imzolagan va futbolchining transfer narhi 35 million evroni tashkil etgan.
Kshishtofning "Milan"dagi debyuti A Seriya doirasidagi "Napoli"ga qarshi bahsda bo'lishi aytilmoqda. Pentek jamoa safida 9-raqamda to'p suradi.



