

"Bugun klub qarorgohiga Namangan viloyati hokimi,viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov tashrif buyurib, jamoamiz prezidenti Anvar Tojimirzaev bilan birgalikda "Navbahor" safida yakunlangan mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan futbolchilar orasidan yetakchilarni kelasi mavsumda ham "lochinlar" tarkibida olib qolish masalasini muhokama qilib, bosh murabbiy Timur Toxirovich Kapadze taqdim etgan short-list asosida jamoamiz safida sermahsullik ko'rsatib, yakunda "Navbahor"ning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi va PFL tomonidan 2025 yilgi mavsumning "Yil kashfiyoti" bo'lgan Abbos G'ulomov bilan kelishuvga erilishib, u bilan tuzilgan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi", – deyiladi xabarda.

27 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum 34 o'yinda qatnashib, 12 ta gol urgan hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Avvalroq unga "Bunyodkor" davogarlik qilayotgani haqida xabar berilgan edi.



